Moskvada yirik operatsiya o‘tkazildi: Rosgvardiyaning “Avangard” OMON jangchilari va Rossiya Tekshiruv qo‘mitasi tergovchilari shahardagi xostellardan birida migratsiya qoidalariga rioya etilishini tekshirdi. Bu haqda xabar bermoqda «РИА Новости».
Reyid yakunida 370 dan ortiq muhojir qo‘lga olindi.
Barcha qo‘lga olinganlar politsiyaga topshirildi. Ular shahar omborlari va boshqa ish joylarida bo‘lish qoidalarini buzganliklari uchun tekshiruvdan o‘tkazilib, hujjatlari rasmiylashtiriladi.


