Rossiyadagi muhojirlarning deyarli barcha farzandlari yangi qoidalar joriy qilinganidan keyin maktablarga kirish imkoniyatidan mahrum. Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volginning so'zlariga ko'ra, bunday bolalarning atigi 4 foizi ta'lim jarayonini boshlashga muvaffaq bo'lgan. U, shuningdek, muhojirlarning farzandlari monitoringini o‘z ichiga oluvchi yangi qonun loyihasini ko‘rib chiqish rejalarini ma’lum qildi.
Yaqinda rus tilini bilmaydigan maktablarga kirishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi. Ushbu tartib-qoidalar amalda bo‘lgan ikki oy ichida umumiy sonidan qabul qilingan arizalarning atigi 4 foizi ro‘yxatga olingan, bu esa yangi talablarning qat’iyligidan dalolat beradi. Volodinning telegram-kanalida aniqlik kiritishicha, test sinovlariga topshirilgan 2868 ta arizadan atigi 498 nafari (17%) tanlovdan o‘tgan va 22 may kuni imtihonga qo‘yilgan.


