O‘zbekistonda mehnat muhojirlarining Rossiyada ishlash uchun imtihonlarga tayyorlanishiga yordam beruvchi yangi onlayn platforma taqdim etildi. Endilikda har kim rus tilini, Rossiya Federatsiyasi tarixini va qonunchiligini onlayn tarzda bepul o'rganishi mumkin.
Migratsiya agentligi tomonidan ishlab chiqilgan tizim bilim darajasini nazorat qilishni ta'minlaydi va natijalarni bosqichma-bosqich yaxshilashga yordam beradi. Agentlikning taʼkidlashicha, test.xorijdaish.uz saytida mavjud boʻlgan platforma qisqa vaqt ichida yuqori sifatli taʼlim olish imkonini beradi.
Ushbu loyihaning asosiy maqsadi - Rossiyada qonuniy ishlashni istagan har bir kishi uchun o'qitishni imkon qadar qulay va samarali qilishdir. 2024-yilda Rossiya Federatsiyasida ish bilan band bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni o‘tgan yilga nisbatan 4,2 barobar oshib, 123,7 ming kishiga yetgani avval xabar qilingan edi.

