Rossiya Ta’lim va fan vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, muhojirlarning 35n ortig‘i rus tili, tarix va Rossiya qonunchiligi asoslari bo‘yicha kompleks imtihonni birinchi urinishda topshira olmadi. Bu haqda xabar bermoqda «РИА Новости».
2025-yil III choragida (iyul, avgust, sentyabr) imtihon topshirganlar soni 275 609 nafarni tashkil etdi. Shu bilan birga, umumiy o‘tganlar foizi 86,9% bo‘ldi. Birinchi urinishda imtihondan o‘tmagan muhojirlar esa 35,1% ni tashkil etdi.
Imtihon uch yo‘nalishda o‘tkaziladi: patent olish, Vaqtinchalik yashashga ruxsatnoma (RVP) yoki Doimiy yashashga ruxsatnoma (VNZ) uchun. Imtihon uch blokdan iborat: rus tili, Rossiya tarixi va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi asoslari.


