Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH davlatlari harbiy xizmatchilari va ularning qarindoshlarining mamlakatda bo‘lishini sezilarli darajada soddalashtiruvchi farmonni imzoladi. Yangi qoidalarga ko‘ra, ular xorijliklar uchun barmoq izlarini olish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish va fotosuratlarni ro‘yxatga olish kabi standart tartiblardan ozod qilingan. Ushbu imtiyozlar 2027 yil oxirigacha amal qiladi.
O‘zgarishlar nafaqat harbiylarning o‘ziga, balki ularning oila a’zolari – turmush o‘rtoqlari va farzandlariga ham ta’sir qiladi. Farmonning bajarilishini nazorat qilish Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligiga yuklangan.
Avvalroq, 7 aprel kuni Adliya vazirligi xorijliklarning Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolashiga ruxsat berish tashabbusini ilgari surgan edi. Ushbu chora shartnoma asosida xizmat qilishga tayyor bo‘lganlarni ko‘proq jalb etish, Qurolli Kuchlarni kadrlar bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.


