2025-yil 1-sentabrdan boshlab Moskva va Moskva viloyatida chet el fuqarolarini hisobga olishning yangi tartibi kuchga kiradi. Agar migrantlarni ro'yxatga olish uchun mo'ljallangan ilova uch ish kuni davomida ularning joylashuvini aniqlay olmasa, ular migratsiya hisobidan avtomatik ravishda chiqariladi.
Chet ellikning eksperimentda ishtirok etmayotgan boshqa hududda qayta ro'yxatdan o'tgani haqidagi ma'lumotlar kelib tushganidan keyin bir sutka ichida hisobdan chiqarish to'g'risida qaror qabul qilinadi. Bundan tashqari, Rossiyadan chiqib ketganligi yoki migrantning vafoti haqidagi tasdiqlangan ma'lumotlar ham hisobdan chiqarish uchun asos bo'ladi.
Ushbu yangi qoidalar 2029-yil 1-sentabrgacha davom etadigan pilot loyihaning bir qismidir. Unga ko'ra, chet el fuqarolari o'z joylashuvlari haqida maxsus mobil ilova orqali xabar berishlari shart. Hokimiyat bu yo'l bilan migrantlarning poytaxt hududida vaqtinchalik bo'lishi ustidan nazoratni kuchaytirish niyatida.


