Rossiya Federatsiyasi hukumati kvota asosida ishlayotgan migrantlarni rus tili, tarixi va mamlakat qonunlari bo‘yicha majburiy imtihonlardan ozod qilish tashabbusi bilan chiqdi. Qonun loyihasi allaqachon Davlat Dumasiga kiritilgan.
Taklif mualliflarining ishonchi komilki, bu chora salbiy ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarsiz xorijlik ishchi kuchini jalb qilishni osonlashtiradi. Tushuntirish xatida xorijlik ishchilar asosan sanoat ob’yektlarida, shuningdek, qurilish va tog‘-kon sanoatida mehnat qilishlari qayd etilgan. Kvota muhojirlarning Rossiyada qolishini bir yil bilan cheklaydi va ularning o‘z vaqtida ketishiga ish beruvchilar javobgardir. 2024 yilda bu kvota 156 mingga yaqin ruxsatnomani tashkil etdi.
Shuningdek, qonun loyihasida boshqa migrantlar uchun test natijalarini topshirish muddatini rus tili muhitiga integratsiyalashuvini osonlashtirish uchun 30 kundan 90 kungacha uzaytirish taklif qilingan. 2014-yildan buyon migrantlar ishlash va yashash uchun ruxsatnoma olish uchun imtihon topshirishlari shart.


