Belarusda huquq-tartibot idoralari Rossiyaga noqonuniy migratsiyani tashkil qilish bilan shug‘ullangan uyushgan guruh faoliyatini to‘xtatdi. IIV Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bosh boshqarmasining Mogilev viloyati boʻyicha 11-boʻlimi xodimlari tomonidan “Grom” maxsus boʻlinmalari koʻmagida oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida noqonuniy migratsiya kanalini tashkil etishga aloqadorlikda gumon qilingan Minskning yetti nafar fuqarosi qoʻlga olindi.
Belarus IIV matbuot xizmati xabariga koʻra, qoʻlga olinganlar uchinchi davlat fuqarolariga pul kompensatsiyasi uchun Belarus-Rossiya chegarasini noqonuniy kesib oʻtishda yordam koʻrsatgan. Muqaddam Rossiyaga kirish taqiqlangan holda deportatsiya qilingan ularning 20 dan ortiq mijozi tashkilotchilar bilan birga hibsga olingan.
Tintuvlar chog‘ida qo‘lga olinganlardan turli valyutalarda katta miqdorda pul olib qo‘yilgani ularning noqonuniy faoliyati ko‘lamidan dalolat beradi.


