Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev Rossiya jamiyati uchun hech qanday foydasi bo‘lmagan noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish zarurligini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, shaharlar va aholi turar joylarida qonunlarni buzayotgan xorijliklar bo‘lmasligi kerak. Ishsiz qolganlar, kollejdan haydalganlar, barmoq izlarini bermaganlar yoki til o‘rganmayotganlar ketishlari shart.
Vazir, shuningdek, mamlakatdagi vaziyat barqarorlikni buzishga urinishlar tufayli tarangligicha qolayotganini qayd etdi. «Biz bunday qiyinchiliklarga qanday javob berishni bilamiz.— ta'kidladi u. — Birinchidan, biz migrantlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirishimiz, faol harakat qilishimiz kerak. Ikkinchidan, qonunbuzarlar javobgarlikdan qutulib qolmasligini ko‘rsatib, mehnatimiz natijalari haqida jamiyatni ochiq xabardor qilish muhim».
Kolokoltsev mahalliy aholining noroziligiga sabab bo'layotgan migrantlarning hujjatlarni qayta ishlash punktlarida to'planishi muammosiga e'tibor qaratdi. «Jarayonlar aniq va kechiktirmasdan amalga oshirilishi kerak., — dedi u. — Ommaviy axborot vositalarida muntazam paydo bo'ladigan uzun navbatlar tasvirlari, hatto odamlar o'z ixtiyori bilan qonuniylashtirish uchun kelganlarida ham tizim nomukammalligidan dalolat beradi.».
Hukumat qonunbuzarliklarning oldini olish va migratsiya sohasida tartibni ta'minlash uchun nazoratni kuchaytirmoqchi.


